Новости компании

Sirdaryo viloyatida SCADA tizimi orqali "Aqlli shahar" muhitini yaratish bo'yicha hamkorlik kengaymoqda

📅 15 июня 2026 🇺🇿 Узбекистан

Sirdaryo viloyati kommunal soha tashkilotlari hamda Xitoyning "Dongfang Electronics Corporation" kompaniyasi o'rtasida kommunal xizmatlar sohasida zamonaviy SCADA tizimlarini joriy etish va "Aqlli shahar" konsepsiyasini rivojlantirish yo'nalishida tajriba almashuvini kengaytirish bo'yicha hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda.

Hamkorlik doirasida elektr, gaz va suv ta'minoti tizimlarini yagona raqamli platforma orqali boshqarish, real vaqt rejimida monitoring qilish, nosozliklarni tezkor aniqlash hamda xizmatlar sifatini oshirish bo'yicha ilg'or xalqaro tajribalar o'rganiladi.

Kutilayotgan natijalar

  • Aholi uchun kommunal xizmatlardan foydalanish qulayligi oshiriladi;
  • Elektr, gaz va suv ta'minoti tizimlarining ishonchliligi hamda barqarorligi mustahkamlanadi;
  • Avariyaviy holatlarni tezkor aniqlash va bartaraf etish imkoniyatlari kengaytiriladi;
  • Resurslar yo'qotilishini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirishga erishiladi;
  • Zamonaviy raqamli boshqaruv texnologiyalari joriy etiladi;
  • Mutaxassislar uchun xalqaro standartlar asosida o'quv va malaka oshirish dasturlari tashkil etiladi.

Mazkur hamkorlik Sirdaryo viloyatida kommunal xizmatlar tizimini zamonaviy bosqichga olib chiqish, aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish hamda "Aqlli shahar" muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Источник: Telegram-канал @energetikauzb_dunyo